logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sudzukining "PSJ"ga transferi nega bekor bo'ldi?

 16 AVGUST, 2026, 10:54

"Parma" darvozaboni Dzion Sudzuki "Pari Sen-Jermen"ga o'tishga juda yaqin turgan, ammo transfer so'nggi bosqichda amalga oshmay qoldi.

Transfer News Live insayder Djamel ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, kelishuv yapon futbolchisining atrofidagi vakillar tomonidan qo'yilgan talablar sabab buzilgan.

Manbaga ko'ra, Sudzuki vakillari shartnoma imzolanishi uchun "PSJ"dan 5 mln evro miqdorida agentlik to'lovi talab qilgan. Shuningdek, darvozabonga 2027 yildan boshlab kafolatlangan "birinchi raqam" maqomi berilishi so'ralgan.

Ijara varianti bo'yicha ham alohida shart qo'yilgan: Suzuki faqat Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga ijaraga ketishga rozi bo'lgan. Qayd etilishicha, aynan shu talab "Yuventus" varianti rad etilishiga ham sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

Ayni paytda yapon darvozaboni uchun kurashda Angliyaning "Aston Villa" klubi yangi favorit sifatida ko'rilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ