Fabritsio Romano: "Barkolaning "Liverpul"ga o'tish ehtimoli yuqori"
16 AVGUST, 2026, 10:42
Taniqli insayder Fabritsio Romano "PSJ" vingeri Bredli Barkolaning "Liverpul"ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Qizillar" frantsuz futbolchisiga qiziqishni saqlab turibdi, ammo hozircha Parij klubi bilan transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti.
"PSJ"da hozir hujum chizig'ida olti yoki ettita futbolchi bor. Shu sabab Barkolaning ketishi klub uchun ham foydali bo'ladi va moliyaviy daromad keltiradi. "Liverpul" esa o'ziga kerakli futbolchini qo'lga kiritadi.
Barkola bir yildan beri "Liverpul"ning transfer maqsadlari qatorida. Bu transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori, men hali ham bunga ishonaman", — dedi Romano.
Mish-mishlarga ko'ra, "PSJ" 23 yoshli Barkola uchun 150 mln evrodan ortiq mablag' talab qilmoqda.
Futbolchining o'zi esa "Liverpul"ga o'tish variantini ma'qullagan.
