logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Arsenal" yangi mavsumda ham APL chempioni bo'lish uchun asosiy da'vogar

 16 AVGUST, 2026, 10:42

Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumida chempionlik uchun asosiy da'vogarlarni aniqladi.

Prognozni tuzish uchun model chempionatni 10 ming marta simulyatsiya qilgan.

Hisob-kitoblarga ko'ra, amaldagi Angliya chempioni "Arsenal" asosiy favorit deb topildi. Mikel Arteta jamoasining chempionlik unvonini himoya qilish ehtimoli 38 foizga baholangan.

Ikkinchi o'rinda "Manchester Siti" bormoqda — 20,5 foiz. Kuchli uchlikni "Liverpul" 9,2 foizlik ko'rsatkich bilan yakunlagan.

"Manchester Yunayted"ning chempion bo'lish ehtimoli 6,2 foizga teng. "Aston Villa"ga 4,8 foiz, "Chelsi"ga esa 4,1 foiz imkoniyat berilgan.

Eslatib o'tamiz, 2025/26 yilgi mavsumda "Arsenal" Angliya chempioni bo'lgan. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" esa kuchli uchlikdan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ