logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Drogba "Chelsi"ning 117 millionlik yangi xaridi haqida gapirdi

 16 AVGUST, 2026, 10:30

"Chelsi" afsonasi Dide Drogba yarim himoyachi Morgan Rojersning "Aston Villa"dan London klubiga ko'chib o'tgani borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— "Chelsi" Rodjersni 117 million funt sterlingga sotib olganida, nega u kabi futbolchi uchun bunchalik ko'p pul to'lashganiga hayron bo'lgandim. Ammo uning "Real Sosedad"ga qarshi o'yindagi harakatlarini tomosha qilgach, u ushbu mablag'ga munosib ekaniga meni ishontira boshladi. Men Rodjersni Azar demoqchi emasman, lekin unda Azarni eslatadigan kichik bir aura bor, — dedi Drogba.

Eslatib o'tamiz, kecha, 15 avgust kuni "Chelsi" o'rtoqlik o'yinida "Real Sosedad"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Morgan Rodjers "ko'klar"ning gollaridan biriga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ