logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Gordon Flikning ishonchini oqlamoqda

 16 AVGUST, 2026, 10:30

"Barselona"ning yangi a'zosi Entoni Gordon Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu haqda jurnalist Aleks Pintanel xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, angliyalik futbolchi ajoyib jismoniy holatda va "Barselona" o'yin dinamikasiga juda yaxshi moslashmoqda. Shuningdek, vinger jamoadagi sheriklari bilan ham tezda til topishib ketgan.

Eslatib o'tamiz, shu yozda "Barselona" Entoni Gordonning transferi uchun "Nyukasl"ga 70 million evro to'lagan edi. Angliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ