logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Karrager «Liverpul»ning muammosini aytdi

 16 AVGUST, 2026, 10:18

«Liverpul»ning taniqli sobiq himoyachisi Jeymi Karrager mavsum start oldidan jamoaning holati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

23 avgust, kelasi yakshanba kuni «qizillar» Premer-liganing 1-turi doirasida «Nyukasl»ga qarshi o'ynaydi. Bu mersisaydliklarning Andoni Iraola boshchiligidagi birinchi rasmiy uchrashuvi bo'ladi.

«Men uchun yarim himoyadagi muammo hanuz yaqqol ko'rinib turibdi. «Liverpul» o'tgan mavsumda duch kelgan qiyinchilik — maydon markazida juda katta bo'shliqlar paydo bo'lishi edi. Bu muammo hech qayoqqa yo'qolgani yo'q, Soboslaini markazga o'tkazish bilan esa, nazarimda, vaziyat yanada og'irlashdi. Men shundan xavotirdaman», — dedi Karrager.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ