«Portu» Ximenes uchun qancha sarflaydi?
16 AVGUST, 2026, 10:06
«Portu» va «Milan» Ximenesning ijarasi bo'yicha kelishib oldi. Santyago Ximenes «Portu»ga o'tishga yaqin.
Portugaliya klubi «Milan» bilan 25 yoshli hujumchini ijaraga olish bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi. Bitimda futbolchini sotib olish optsiyasi ham ko'zda tutilgan. «Portu» futbolchining to'liq transferi uchun 20 million evrodan ortiq mablag' to'lashi mumkin, deb yozadi Sportmediaset.
Tomonlar kelishuvning so'nggi tafsilotlarini hal qilishlari kerak. «Portu» futbolchining jismoniy holatini to'liq baholash uchun bir necha kun tanaffus oldi.
Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumida meksikalik futbolchi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
