logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Diashga bo'lgan talablar ortadi

 16 AVGUST, 2026, 10:00

«Manchester Siti»ning yaqinda bosh murabbiyi etib tayinlangan Entso Mareska jamoa sardori Ruben Diash haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Portugaliyalik markaziy himoyachi vatandoshi Bernardu Silva klubni tark etganidan so'ng jamoa sardori bog'ichini oldi.

«Bu erda o'tkazgan vaqti davomida Ruben futbolchi va etakchi sifatida qanchalik yaxshi ekanini ko'rsatdi.

Sardorlar nima sababdan aynan sardor etib tanlanganini tushunishi muhim. Men ulardan ko'proq narsa kutaman, ammo bu ularda qandaydir ustunlik yoki imtiyozlar bor degani emas. Aksincha, barchasi teskari. Men uchun sardorlar va etakchilar guruhi — birinchi navbatda o'zini namoyon qilishi kerak bo'lgan, har qanday vaziyatda eng katta talab qo'yiladigan futbolchilardir», — deya Mareskaning so'zlarini keltiradi City Xtra. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ