Mareska: «Anderson to'p bilan ham, to'psiz ham yaxshi o'ynay oladi»
16 AVGUST, 2026, 09:48
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska yarim himoyachi Elliot Andersonning transferi haqida tushuntirish berdi.
23 yoshli futbolchining «Nottingem Forest»dan transferi «shaharliklar»ga o'zlari uchun rekord darajadagi 135 million evroga tushdi.
«Anderson to'p bilan ham, to'psiz ham yaxshi o'ynay oladi, shuningdek, uning xarakteri ham menda katta taassurot qoldirdi. Men turli pozitsiyalarda o'ynay oladigan futbolchilarni yoqtiraman.
U “oltilik” va “sakkizlik” ham bo'la oladi, shu bilan birga, uni qaerda o'ynatishmasin, istalgan erda yaxshi harakat qiladi», — deya Mareskaning so'zlarini keltiradi City Xtra.
