Ruben Amorim mavsum boshlanishi oldidan "Milan"ning asosiy muammosini aytdi
16 AVGUST, 2026, 09:24
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim mavsum boshlanishi oldidan jamoaning o'yinidagi muammo haqida gapirib o'tdi.
Shanba kuni "rossoneri" mavsum oldi so'nggi nazorat uchrashuvida "Manchester Yunayted"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Keyingi yakshanba, 23 avgust kuni esa jamoa Seriya Aning birinchi turida "Torino"ga qarshi maydonga tushadi.
— Bugun bizda ko'proq bo'sh hududlar bo'ldi, shu sababli hammasi boshqacha kechdi. Biroq, menimcha, qanday gollar o'tkazib yuborayotganimiz haqida qayg'urishimiz kerak: biz ularni raqiblarga shunchaki sovg'a qilyapmiz — bugun ham, "Seltik"ga qarshi o'yinda ham shunday bo'ldi.
Muayyan ilgarilashni ko'ryapman, ammo hozir buning ahamiyati yo'q, chunki bu shunchaki mavsum oldi tayyorgarligi. Biz keyingi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak, — dedi portugaliyalik mutaxassis Sky Sport bilan suhbatda.
Ruben Amorim iyun oyida ushbu lavozimni egalladi — u Massimiliano Allegrining o'rnini egalladi.
