logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Stouns Akanji bilan yana bir jamoada o'ynashidan xursand

 16 AVGUST, 2026, 09:18

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Jon Stouns Manuel Akandji bilan qayta birlashgani haqida fikr bildirdi. Angliyalik va shveytsariyalik futbolchilar avvalroq "Manchester Siti"da birga to'p surishgan.

— Akanji — juda ajoyib inson, kamtar va samimiy, maydonda ham o'zini xuddi shunday ko'rsatadi. U jahon darajasidagi o'yinchi. "Manchester Siti"da uch yil davomida u bilan bir kiyinish xonasini baham ko'rganimdan baxtiyorman va endi "Inter"da ham birga o'ynashimizdan xursandman, — dedi Stouns jurnalist Daniele Mariga.

Manuel Akanji o'tgan yilning yozida "neradzurri" safiga kelib qo'shilgan edi, mavsum yakuniga etgach esa "shaharliklar"dan to'liq sotib olindi. Jon Stouns esa shu yozda erkin agent maqomida xuddi shu yo'nalishda ko'chib o'tdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ