logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Amorim: "Leau o'z o'rni uchun kurashishiga to'g'ri keladi"

 16 AVGUST, 2026, 09:18

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Rafael Leauning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Mish-mishlarga ko'ra, portugaliyalik murabbiy o'z vatandoshini o'z taktik sxemalarida ko'rmayapti, shu munosabat bilan «rossonerilar» futbolchini 40 million evroga sotishga tayyor ekani aytilmoqda.

«Leau — bizning futbolchimiz. Men uning jamoada ekanidan xursandman. U biz uchun juda muhim. Ko'ramiz, ammo u o'z o'rni uchun kurashishiga to'g'ri keladi.

U “Torino”ga qarshi o'yinga qadar formasini tiklashga ulguradimi? Uning muammosi jiddiy, deb o'ylamayman, ammo hozircha u tayyor bo'ladimi-yo'qmi, bilmayman», — dedi Amorim.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ