Spens "Inter" tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi
16 AVGUST, 2026, 09:12
Milanning "Inter" klubi "Tottenxem"ning o'ng qanot himoyachisi Jed Spens bilan tarkibini kuchaytirdi.
Transfer shanba kuni rasman amalga oshdi, bitim qiymati 30 million evroga baholanmoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, angliyalik futbolchi "neradzurri" tarixidagi himoyachilar o'rtasidagi beshinchi eng qimmat xaridga aylandi. Klub faqat Ashraf Hakimiy (43 mln evro), Alessandro Bastoni (40,7 mln evro), Milan Shkrinyar (34 mln evro) va Benjamen Pavar (32,4 mln evro) uchun bundan kattaroq mablag' sarflagan.
E'tiborlisi, o'sha portal talqiniga ko'ra, Jed Spensning bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi. Angliya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi A Seriya grandi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
