logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Manchester Siti" Entso Fernandesni sotib olish fikridan qaytgani yo'q

 16 AVGUST, 2026, 09:12

"Manchester Siti" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes bilan shartnoma imzolash umidini hali ham boy bergani yo'q.

"Shaharliklar" "ko'klar" tomonidan belgilangan muhlatga ulgurishmadi va juma kechigacha talab qilingan summani — taxminan 140 million evroni taklif qilishmadi. Shunga qaramay, insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Siti" vakillari argentinalik futbolchi nomzodidan voz kechishgani yo'q va transferni amalga oshirish yo'lini topish maqsadida "Chelsi"ga qo'ng'iroq qilishda davom etishmoqda.

Transfermarkt portali Entso Fernandesning qiymatini 100 million evroga baholamoqda. Londonliklar ushbu xavbekni 2023 yil boshida "Benfika"dan 121 million evro evaziga xarid qilishgan edi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ