logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Romano tasdiqladi: Kanselu keyingi haftada "Barselona" o'yinchisiga aylanadi

 16 AVGUST, 2026, 09:06

Joau Kanselu "Al-Hilol"ni tark etib, "Barselona"ga ko'chib o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, portugaliyalik futbolchi Saudiya klubi bilan shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qanot himoyachisi bilan tez orada shartnoma imzolanishiga amin — uning qaytishi keyingi haftaga rejalashtirilgan.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida kataloniyaliklar safida ijara asosida to'p surgan Kanselu 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda ham "Barsa" sharafini himoya qilgan edi — o'shanda ham u "Manchester Siti"dan ijaraga olingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ