"Men barqarorlikni emas, rivojlanishni xohlayman": Arteta Superkubok oldidan jamoasining maqsadlarini aytdi
16 AVGUST, 2026, 09:06
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Superkubogi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
— Har bir klubning o'z ustun jihatlari bor. Ba'zilarda bu so'nggi yillardagi g'alabalar tajribasi, boshqalarda kuchli tarkib, yana boshqalarda esa tarkibni kuchaytirishga kiritilgan sarmoyalardir. Biz o'z ustun tomonlarimizni bilamiz — bu so'nggi to'rt-besh yildagi izchillikdir. Shu bilan birga, bundan ham yaxshiroq bo'la olishimizni anglab turibmiz. Siz buni barqarorlik deb ataysiz, ammo men shunchaki barqarorlikni xohlamayman — men rivojlanishni va ambitsiyali bo'lishni xohlayman. Bizga aynan shu kerak, — dedi Arteta jurnalist Konnor Hamm bilan suhbatda.
O'tgan mavsumda "to'pchilar" so'nggi 22 yil ichida ilk bor Premer-ligada zafar quchishgan edi.
