Jeksonga uchta da'vogar bor
16 AVGUST, 2026, 09:00
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson transfer oynasi yopilguniga qadar klubini o'zgartirishi mumkin.
25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Madridning "Atletiko", "Tottenxem" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. RMC Sport ma'lumotiga ko'ra, uchchala da'vogarni ham "ko'klar" tomonidan belgilangan narx — 60 million funt sterling (taxminan 70 million evro) cho'chitmoqda. Shuningdek, "Aston Villa" senegallik futbolchini ijaraga olish variantini afzal ko'rayotgani ma'lum.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, Nikolas Jeksonning bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi. O'tgan mavsumda forvard ijara asosida "Bavariya" safida to'p surgan edi. 2023 yilda "Chelsi" ushbu o'yinchini "Vilyarreal"dan 37 million evroga xarid qilgan.
