logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Konsa yoki Kuansa: "Arsenal" transfer oynasi yopilgunicha kimni sotib oladi?

 16 AVGUST, 2026, 08:48

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yangi markaziy himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"To'pchilar" jarohat sababli mavsum boshini o'tkazib yuboradigan Vilyam Salibaga o'rinbosar qidirmoqda. Poytaxt grandining asosiy nishonlari sifatida "Aston Villa"dan Ezri Konsa va "Bayer"dan Jarell Kuansa ko'rilmoqda. Jurnalist Sami Mokbel bergan ma'lumotga ko'ra, murabbiy Mikel Artetaning o'z aniq favoriti bor — bu Konsa. Ispaniyalik mutaxassis yangi markaziy himoyachi jamoaga darhol kirishib ketishi va uni kuchaytira olishini xohlamoqda.

Muammo narxda bo'lib turibdi: "Aston Villa" 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 60 million funt sterling (70 million evro) talab qilmoqda va "villaliklar" yon berish niyatida emas. "Arsenal" esa deyarli 25 million evro kamroq taklif qilmoqda. Agar amaldagi chempionlar kelishuvni yakunlashni istashsa, katta ehtimol bilan Birmingem klubining shartlariga rozi bo'lishlariga to'g'ri keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ