logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Saliba qancha vaqt maydondan tashqarida bo'lishi aytildi

 16 AVGUST, 2026, 08:48

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba joriy mavsum boshlanishini o'tkazib yuboradi.

Frantsiyalik futbolchi Jahon chempionatida bel qismidagi muammolarini og'irlashtirib olgan — ish hatto umurtqa pog'onasi singishigacha borib etgan.

— Jahon chempionati vaqtida menga agar jarrohlik amaliyoti o'tkazilsa, Salibaga tiklanish uchun to'rt oydan besh oygacha vaqt kerak bo'lishini aytishgandi. "Arsenal"ning baxtiga jarrohlik amaliyotidan qochishning imkoni toppildi, ammo o'ylashimcha, u baribir kamida ikki-uch oy maydonga tusha olmaydi, — dedi BBC jurnalisti Sami Mokbel.

Bugunning o'zida "to'pchilar" 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini o'tkazishadi — ular Angliya Superkubogi uchun "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ