Messi penaltidan ura olmadi: "Neshvill" "Inter Mayami"ni tor-mor etdi (Videosharh)
16 AVGUST, 2026, 08:42
"Neshvill" MLS muntazam chempionati doirasidagi o'yinda o'z maydonida "Inter Mayami" ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Maydon egalari safida Andi Naxar (17-daqiqada), Xani Muxtar (49 va 63-daqiqalarda) hamda Sem Sarridj (56-daqiqada) gol urishdi. Mehmonlardan esa 45-daqiqada hujumchi Lionel Messining uzatmasidan so'ng Telasko Segoviya o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
23-daqiqada, hisob 0:1 bo'lib turganda, Messi penaltidan unaqa foydalana olmadi.
"Neshvill" (19 ta o'yindan so'ng 43 ochko) MLS Sharqiy konferentsiyasi jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Inter Mayami" (38 ochko) esa ikkinchi o'rinda bormoqda.
