"Vest Xem" Chempionship uchun rekord transfer amalga oshirdi
16 AVGUST, 2026, 08:42
"Vest Xem" yarim himoyachi Arne Engels bilan shartnoma tuzdi. Kelishuv 2031 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
22 yoshli belgiyalik futbolchining avvalgi jamoasi "Seltik" edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bitim summasi taxminan 26 million evroni tashkil etdi — bu Chempionship uchun transfer rekordidir.
2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 46 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Engelsning "Seltik" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qilar edi.
Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.
