logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman. Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spens «Inter»ga o'tdi

 15 AVGUST, 2026, 23:54

Milanning «Inter» klubi Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spensni Londonning «Tottenxem» klubidan o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.

Tomonlar o'rtasida imzolangan shartnoma 2031 yilning yozigacha amal qiladi.

«Inter» rasmiy saytida Spens haqida shunday deyiladi:

«Kuchli va texnik jihatdan iqtidorli qanot himoyachisi bo'lgan Spens yakkakurashlarda o'zini yaxshi namoyon etadi va yuqori tezlanishga ega. U doimo hujumga qo'shilishga va raqib bilan kurashishga tayyor. Shu bilan birga, himoyada ham ishonchli harakat qila oladi. Buni u jahon chempionatida Argentinaga qarshi o'yinda Juliano Simeonega qarshi ajoyib podkat ishlatib namoyish etgandi.

Xotirjamlik va o'zini nazorat qilish uning asosiy xususiyatlaridir. U qachon kurashga kirishish va qachon himoyaviy pozitsiyani egallash kerakligini yaxshi biladi. Kuch va nazorat, instinkt va bosiqlik o'rtasidagi muvozanat Jed Spensni maydonning har ikki qismida samarali harakat qila oladigan universal futbolchiga aylantiradi».

O'tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.

2026 yilgi jahon chempionatida esa Spens Angliya terma jamoasi safida 8 ta o'yin o'tkazdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ