logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UEFA Rossiya bo'yicha rasmiy qaror qabul qildi

 15 AVGUST, 2026, 23:36

Rossiya futbol ittifoqi klublarning evrokuboklardan chetlatilishi oqibatida reytingda antirekord natija qayd etdi.

Sports.kz xabariga ko'ra, Rossiya UEFAning besh yillik koeffitsientlar jadvalida 26-o'rindan 30-o'ringa tushib ketdi. Natijada mamlakat Ozarbayjon, Slovakiya, Bolgariya va Serbiyaga o'z o'rnini bo'shatib berdi.

Rossiya 2022 yil fevral oyidan buyon rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti va UEFAdan faqat minimal kompensatsiya ballarini olmoqda. 30-pog'ona esa Rossiya uchun XXI asrdagi eng yomon natija bo'ldi.

Agar reytingdagi pasayish davom etsa, Rossiya klublari xalqaro maydonga qaytgan taqdirda ham evrokuboklarda ishtirokni saralash bosqichlarining ilk davralaridan boshlashlariga to'g'ri kelishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya klublari evrokuboklarga eng erta 2027/2028 yilgi mavsumda qaytishi mumkin. Chunki UEFA ularning chetlatilishini rasman 2026/2027 yilgi o'yin mavsumi davomida ham saqlab qoldi.

Rossiya futbol rasmiylari, jumladan RPL rahbari Aleksandr Alaev, 2027 yil kuzini mamlakat klublarining xalqaro maydonga to'liq qaytishi uchun eng real va optimistik muddat sifatida baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ