«Bavariya»ning yangi xaridori!
15 AVGUST, 2026, 22:54
Deutsche Welle xabariga ko'ra, «Bavariya» klub aktsiyalarining 5 foizini Viessmann Generations Group korporatsiyasiga 250 million evroga sotmoqda.
Shu tariqa, klubning umumiy qiymati 5 milliard evroga baholanmoqda.
Viessmann Generations Group klubning to'rtinchi tashqi aktsiyadoriga aylanadi. Tashqi aktsiyadorlar ixtiyoridagi aktsiyalarning umumiy ulushi 30 foizni tashkil etadi — bu klub Nizomiga ko'ra ruxsat etilgan maksimal ko'rsatkich.
Aktsiyalarning 70 foizi esa klub muxlislari uyushmasi tasarrufida qoladi.
