«Aston Villa» tez orada ushbu transferni yakunlaydi
15 AVGUST, 2026, 22:36
«Aston Villa» «Atletiko» himoyachisi Matteo Rudjeri transferini rasmiylashtirish ishlarini yakunlamoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning o'z sahifalarida xabar berishicha, klublar kelishuv bo'yicha zarur bo'lgan barcha hujjatlarni allaqachon o'zaro almashishgan.
Italiyalik futbolchining transferi ingliz jamoasiga 25 million evro miqdorida tushadi. Yana 1,5 million evro bonuslar sifatida belgilangan.
Shu tariqa, qo'shimcha to'lovlarni hisobga olganda, Rudjeri transferining umumiy qiymati 26,5 million evroga etishi mumkin.
Yaqin vaqt ichida futbolchining «Aston Villa»ga o'tishi rasmiy ravishda yakunlanishi kutilmoqda.
