Leau jurnalistlarni yolg'onchiga chiqardi
15 AVGUST, 2026, 22:36
Italiya matbuoti yana Rafael Leauni tanqid ostiga oldi. Jurnalistlar portugaliyalik hujumchi klubda «keskinlik omili» sifatida baholanayotgani, ya'ni uning kelasi mavsumda jamoada qolishini istashmayotgani haqida yozishgan.
Leau bunga chidab turmadi — u Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashrida chiqqan shunday xabarlardan birining «yolg'on» ekanini yozdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlanganidan ko'p o'tmay, portugaliyalik futbolchi o'zining hafsalasi pir bo'lganini bildirib, jamoani zudlik bilan tark etishga tayyor ekanini aytayotgan edi.
