logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Frantsiya futbol federatsiyasi rahbari Infantinoni qo'llab-quvvatladi

 15 AVGUST, 2026, 20:12

Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qo'llab-quvvatladi. Bu haqda frantsiyalik jurnalist Romen Molina xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Diallo FIFAga nisbatan boykot masalasida UEFA pozitsiyasini qo'llab-quvvatlamoqchi emas. Qayd etilishicha, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron ham ushbu pozitsiyani ma'qullamoqda.

Avvalroq tashkilot, FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tuzilma tashkil etish rejasini ma'lum qilgandi. Unga federatsiyaning tijoriy yo'nalishlari hamda FIFA tasarrufidagi turnirlarni tashkil etish faoliyatini birlashtirish rejalashtirilgan. Tashkilot yangi tuzilmadagi ulushlarni xususiy investorlarga taklif qilishni ko'zlagan.

Mazkur tashabbus UEFAning keskin noroziligiga sabab bo'lgan va JCh-2030ni boykot qilish ehtimoli haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Keyinchalik FIFA Infantino nomidan bayonot tarqatib, loyiha atrofida kelishmovchiliklar mavjudligini tan oldi va taklif amalga oshirilmasligini ma'lum qildi.

Infantino FIFAga 2016-yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda. U 2027-yilda yana prezidentlikka nomzodini qo'yish rejasini bildirgan. Tashkilot prezidentligi uchun saylovlar kelasi yil bahorida Marokashda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ