logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» Barkola bo'yicha muzokaralarni yuqori narx sabab to'xtatdi

 15 AVGUST, 2026, 20:00

«Liverpul» «PSJ» hujumchisi Bredli Barkolani transfer qilish bo'yicha muzokaralarni vaqtincha to'xtatdi.

L'Équipe nashri ma'lumotiga ko'ra, parijliklar 23 yoshli vinger uchun 145 million funt sterling (169,6 million evro) talab qilmoqda. Biroq mersisaydliklar ushbu narxni ortiqcha deb hisoblamoqda.

Manbaga ko'ra, Barkola hamon «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda va «Liverpul»ga o'tish variantiga qarshi emas. «Qizillar» transfer oynasining so'nggi kunlarigacha kutib, keyin frantsuz futbolchisining transferi bo'yicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Klub «PSJ» talab qilayotgan summa pasayishiga umid qilmoqda.

O'tgan mavsumda Barkola barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ