logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Bordo»ga bankrotlik xavf solmoqda

 15 AVGUST, 2026, 15:48

Frantsiyaning 6 karra chempioni «Bordo» klubining mamlakat 6-ligasiga tushirib yuborilgani bo'yicha bergan apellyatsiyasi takroran rad etildi. Frantsiya Milliy olimpiya qo'mitasi jirondaliklarning milliy darajadagi turnirlarga qaytarilish haqidagi so'roviga salbiy xulosa berdi.

Shu tariqa, frantsuz futbolining moliyaviy regulyatori — Nazorat va boshqaruv milliy boshqarmasi (DNCG) chiqargan qaror o'z kuchida qoldi. Avvalroq «Bordo» moliyalashtirish kafolatlarini o'z vaqtida taqdim eta olmagan edi va endilikda 6-divizionda — Yangi Akvitaniya regional ligasi 1 (B guruhi)da harakat qilishga majbur.

L’Equipe nashri xabariga ko'ra, tarixiy va nomdor klub bankrot bo'lish arafasida turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ