«Galatasaroy» murabbiyi Batrakov haqidagi mish-mishlar fonida transfer rejalari haqida gapirdi
15 AVGUST, 2026, 15:24
«Galatasaroy» bosh murabbiyi Okan Buruk Turkiya chempionatidan o'rin olgan «Chorum»ga qarshi o'yindagi (2:2) durangdan so'ng klubning transfer bozoridagi keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
«Umid qilamizki, shu haftada loaqal bitta transferni rasmiylashtirishga erishamiz, toki keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ra olaylik. Chempionlar Ligasi uchun qaydnoma topshirgunga qadar hali vaqtimiz bor. Hujum chizig'idagi pozitsiyalarni yopib olganimizdan so'ng, boshqa chiziqlarni kuchaytirish haqida o'ylashimiz mumkin. Bu yarim himoya yoki himoya bo'lishi mumkin», — dedi Buruk matbuot anjumanida.
Avvalroq «Galatasaroy» ustozi jamoaga imkon qadar tezroq «o'nlik» pozitsiyasi o'yinchisi, hujumchi va vinger sotib olish zarurligini ta'kidlagan edi.
