logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ning yangi mavsumdagi maqsadlarini ma'lum qildi

 15 AVGUST, 2026, 15:12

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klubning yangi mavsum oldidan qo'ygan asosiy maqsadlari haqida to'xtalib o'tdi. Mutaxassis jamoa har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushishini va shu bilan birga muxlislarga zavq bag'ishlaydigan futbol ko'rsatishni maqsad qilganini ta'kidladi.

«Birinchi navbatda, biz g'alaba qozonishni xohlaymiz, lekin shu bilan birga o'yindan zavq olishni ham istaymiz. Aynan shuning uchun ham biz ushbu o'yinni va ushbu klubni yaxshi ko'ramiz, chunki ba'zida bizga juda qiyin bo'ladi.

Biroq buning o'z jozibasi bor, narsalarni muayyan tarzda amalga oshirishimiz kerakligini juda yaxshi tushunaman. Lekin, albatta, eng muhimi — bu g'alaba. Biz imkon qadar tesh-tez bunga intilishimiz kerak», — dedi Kerrik «Manchester Yunayted»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

«Manchester Yunayted» 2025/2026 yilgi APL mavsumini 3-o'rinda yakunladi va Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrik qishda Ruben Amorimning o'rnini egallab, jamoa bosh murabbiyiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ