logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Martinelli «Galatasaroy»ga o'tishni xohlamayapti

 15 AVGUST, 2026, 15:12

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli «Galatasaroy»ga transfer qilinish variantiga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda The Athletic jurnalisti David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manba berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar Turkiya klubidan 45 million evrolik taklif olishgan, biroq braziliyalik 25 yoshli futbolchi faoliyatini bu klubda davom ettirishni istamayapti.

Martinellining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan va unda kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish bandi mavjud. Futbolchi 2019 yildan beri «kanonirlar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u barcha turnirlarda 278 ta o'yinda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ