logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Valverde Mourino haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

 15 AVGUST, 2026, 15:06

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino haqida iliq fikrlarni bildirdi va portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida ishlashdan xursand ekanini ta'kidladi.

«Mourino — ajoyib va hayratlanarli murabbiy. Men futbolchi, shaxs va etakchi sifatida o'sish uchun undan har kuni yangi narsalarni o'rganishga harakat qilyapman. Joze bilan juda a'lo munosabatdaman», — dedi Valverde insayder Fabritsio Romanoga bergan intervyusida.

O'tgan mavsumda «Real» birorta ham sovrin yuta olmagach, jamoaga yangi murabbiy tayinlandi. Madridliklar ustoziga aylangan Joze Mourino bunga qadar «Benfika» klubida faoliyat yuritayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ