Ferran Torres rasman «PSJ» a'zosiga aylandi
15 AVGUST, 2026, 14:54
Frantsiyaning «PSJ» klubi «Barselona» hujumchisi Ferran Torresning transferini rasman e'lon qildi. Ispaniya terma jamoasi safida Jahon va Evropa chempioni bo'lgan 26 yoshli futbolchi parijliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 9-raqamda harakat qiladi.
OAV xabarlariga ko'ra, «PSJ» ispan hujumchisi uchun 50 million evro to'lagan.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida 26 yoshli futbolchi 8 ta o'yinda maydonga tushgan. Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan final bahsida Torres zaxiradan maydonga tushib, qo'shimcha bo'limlarda Ispaniyaga g'alaba keltirgan hal qiluvchi golni urgan edi.
