logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ferran Torres «Barselona»dan «PSJ»ga o'tganiga izoh berdi

 15 AVGUST, 2026, 14:54

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres «Barselona»dan «Pari Sen-Jermen»ga amalga oshirilgan transferi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchining o'tishi 15 avgust kuni rasman e'lon qilingan edi.

«PSJ» kabi ambitsiyali klubda yangi sarguzashtni boshlayotganimdan juda xursandman. Menga ushbu jamoaga qo'shilish imkoniyatini berishgani uchun klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi, Luish Kampush va bosh murabbiy Luis Enrikega minnatdorchilik bildirmoqchiman. Umid qilamanki, jamoaga kolganicha ko'proq trofeylar yutishda yordam beraman», — dedi Torres «PSJ»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ferran Torres 2022 yilning yanvar oyidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida 26 yoshli hujumchi kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 207 ta o'yinda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. OAV xabarlariga ko'ra, parijliklar bu transfer uchun 50 million evro to'lashgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ