logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» Kamavinganing transfer narxi €100-120 milliongacha ko'tarilishiga ishonmoqda

 15 AVGUST, 2026, 14:24

Madridning «Real» klubi rahbariyati yarim himoyachi Eduardu Kamavinga «Manchester Siti»dan Rodrining transferi amalga oshmaganidan so'ng o'z imkoniyatlarini po'l to'liq namoyon eta olishiga ishonch bildirmoqda. Jurnalist Abraham Romeroning Defensa Central nashriga tayanib xabar berishicha, «qirollik klubi» 23 yoshli frantsiyalik futbolchi kelajakda 100–120 million evrolik toifadagi o'yinchilar darajasiga chiqa olishiga ishonmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, klub Kamavinganing yuqori potentsialini alohida e'tirof etmoqda va bosh murabbiy Joze Mourino uning eng yaxshi qirralarini ocha olishiga umid qilmoqda. Qayd etilishicha, agar Rodri transfer qilinganida, frantsuz futbolchisi sotib yuborilar yoki ikkinchi darajali rolga o'tib qolar edi.

O'tgan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ