Transfermarkt La Liga klublarining so'nggi 10 yildagi transfer xarajatlari bo'yicha top-10 ro'yxatini e'lon qildi
15 AVGUST, 2026, 14:18
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali so'nggi 10 mavsum davomida yangi futbolchilarni sotib olish uchun eng ko'p mablag' sarflagan Ispaniya La Ligasining top-10 klubi reytingini e'lon qildi.
Ro'yxatda «Barselona» etakchilik qilmoqda — kataloniyaliklar oxirgi 10 yil ichida yangi futbolchilarni sotib olish uchun 1,4 milliard evro sarflashgan. Ikkinchi o'rinni 1,3 milliard evro xarajat bilan «Atletiko» Madrid egallagan bo'lsa, «Real Madrid» 1,28 milliard evro ko'rsatkich bilan uchinchi pog'onadan joy oldi.
La Liga klublarining so'nggi 10 mavsumdagi xarajatlari top-10ligi:
«Barselona» — € 1,4 mlrd
«Atletiko» Madrid — € 1,3 mlrd
«Real» Madrid — € 1,28 mlrd
«Sevilya» — € 555 mln
«Vilyarreal» — € 472 mln
«Betis» — € 365 mln
«Valensiya» — € 332 mln
«Real Sosedad» — € 226 mln
«Almeriya» — € 184 mln
«Selta» — € 178 mln.
