logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Kristal Pelas» «Yunion» vingeri Xalaylini 21 mln funtga sotib oldi

 15 AVGUST, 2026, 14:06

Angliyaning «Kristal Pelas» klubi Belgiyaning «Yunion» jamoasidan izroillik vinger Anan Xalayli transferini rasman e'lon qildi. 21 yoshli futbolchining transfer summasi 21 million funt sterlingni tashkil etdi. U londonliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Futbolchi qanot hujumchisi va qanot himoyachisi pozitsiyalarida o'ynay oladi.

Xalayli o'z professional faoliyatini Hayfaning «Makkabi» klubida boshlagan bo'lib, u erda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. Jamoa bilan birgalikda 2023 yilda Isroil Superkubogida g'olib chiqqan.

2024 yilning yozida u «Yunion» safiga borib qo'shildi. Belgiya klubi tarkibida Xalayli mamlakat chempioni va Kubogi sohibiga aylandi, shuningdek Chempionlar Ligasida uchta gol urishga erishdi. Isroil terma jamoasi safida esa 16 ta o'yinda maydonga tushgan.

Xalayli yozgi transfer oynasida Oskar Mingesa, Takexiro Tomiyasu, Duayt Maknil va Evann Gessandan so'ng «Kristal Pelas»ning beshinchi yangi xaridi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ