Klublar Fabritsio Romanoning so'rovlariga javob berishni to'xtatdi
15 AVGUST, 2026, 14:00
Futbol klublari taniqli insayder Fabritsio Romanoning so'rovlariga javob bermayapti va uning qo'ng'iroqlarini e'tiborsiz qoldirmoqda.
Ba'zi klublar uni an'anaviy sport jurnalistidan ko'ra ko'proq «jonga tekkan inflyuenser» sifatida qabul qilishni boshlagan. Ular Romanoning nozik transfer muzokaralarini yoritish uslubidan va axborot berish manerasidan tobora norozi bo'lishmoqda. Match Corner nashrining Daily Mail’ga tayanib xabar berishicha, norozi jamoalar orasida «Nyukasl Yunayted» ham bor.
Eslatib o'tamiz, Fabritsio Romano transfer rasman e'lon qilinishidan sal oldin o'zining mashhur «Here we go» jumlasi bilan bitim amalga oshganini xabar qilishi bilan tanilgan.
