logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Alvaresning «Barselona»ga o'tishi bo'yicha yangi bayonoti kutilmoqda

 15 AVGUST, 2026, 13:06

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares yaqin kunlarda o'z kelajagi bo'yicha yangi bayonot berishi mumkin. «Matraschilar» argentinalik futbolchini «Barselona»ga qo'yib yuborishmoqchi emas, biroq futbolchining o'zi kataloniyaliklar safiga o'tishni xohlamoqda.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, hujumchi klub rahbariyatiga bosim o'tkazish maqsadida yaqin kunlarda jamoadan ketish istagi borligini oshkora e'lon qilishi kutilmoqda.

Hozircha «Barselona»ning transfer bo'yicha yangi taklif tayyorlayotgani noma'lum. Kataloniya klubi avvalroq 26 yoshli futbolchi uchun 100 million evro to'lashga tayyor ekanini bildirgan, ammo «Atletiko» bu borada muzokara o'tkazishdan qat'iyan bosh tortgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ