logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arteta futboldagi o'zgarishlar haqida: «Tezgina moslashish kerak»

 15 AVGUST, 2026, 13:00

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolning o'yin sifatida rivojlanishi va kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«O'tgan mavsumda biz «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi o'yinlarni ko'rdik — ehtimol, ilgari bunga o'xshash hech narsa bo'lmagandir. Jahon chempionati ham mutlaqo yangi narsalarni olib keldi, garchi terma jamoalar futboli Premer-ligada ko'radigan narsamizdan farq qilsa-da.

Ishonchim komilki, bizni hali kutilmagan sovg'alar kutmoqda — hamma o'zgarishlarga tezda moslashishiga to'g'ri keladi. Qoidalar ham o'zgaradi, bu esa o'z-o'zidan boshqa hamma narsada o'zgarishlarga va o'yinning keyingi rivojlanishiga olib keladi», — deya Artetaning so'zlarini Arsenal Radar keltirmoqda.

Yakshanba kuni «kanonirlar» Angliya Superkubogi bahsida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ