logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Osimxen «Arsenal»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

 15 AVGUST, 2026, 13:00

«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen o'zining boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Nigeriyalik futbolchi Turkiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan «Chorum»ga qarshi o'yinda (2:2) dubl qayd etgach, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Transfer oynasi ochiq bo'lganida bu kabi mish-mishlar doimo paydo bo'laveradi. Men esa butun diqqat-e'tiborimni o'z ishimga qaratganman. Vaqti-soati kelganda nima bo'lishini birgalikda ko'ramiz», — dedi 27 yoshli futbolchi Arsenal Radar nashriga bergan intervyusida.

So'nggi kunlarda londonlik «Arsenal» Viktor Osimxenni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha asosiy favorit sifatida tilga olinmoqda. Avvalroq hujumchiga «Barselona», «Atletiko», «Manchester Yunayted» hamda Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ