logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Evropa chempioni futbolchilik faoliyatini yakunladi

 15 AVGUST, 2026, 12:54

«Parij» futbol klubi rasmiy saytida 36 yoshli italiyalik hujumchi Chiro Immobile futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Immobile 2026-yil fevral oyida parijliklar safiga qo'shilgandi. U o'tgan mavsum Liga 1 doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Chiro Immobile «Sorrento» va «Yuventus» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida «Jenoa», «Torino», Dortmundning «Borussiya»si, «Sevilya», «Latsio», «Beshiktosh», «Bolonya» va boshqa klublarda ham to'p tepgan.

Immobile faoliyati davomida bir qator nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan. U 2021-yilda Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini ham nishonlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ