Arteta: «Xavotir olishga hojat yo'q»
15 AVGUST, 2026, 12:48
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish masalasi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu haqda xavotir olishga hojat yo'q, chunki men shu erda qolishni xohlayman. Men bu erda juda baxtliman va birga ishlayotgan insonlarim uchun minnatdorman.
Imkoniyat bo'lishi bilan bu masalani hal qilamiz. Bu aniq. Shartnomani uzaytirish muddatlari bo'yicha hech qanday muammo bo'lmasligiga hammaning ishonchi komil, chunki men bu erda qolishni istayman. Klub rahbariyati ham xuddi shunday fikrda ekanini his qilyapman. Shunga ko'ra, hamma narsa tabiiy ravishda kechmoqda», — dedi «kanonirlar» ustozi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi so'nggi yiliga qadam qo'ygan bo'lsa-da, londonliklar rahbariyati va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar a'lo darajada ekani ta'kidlanmoqda.
