logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rodri kelasi hafta «Manchester Siti» bilan mashg'ulot o'tkazmaydi

 15 AVGUST, 2026, 12:36

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri yaqin kunlarda «Barselona»ga o'tishni rejalashtirmoqda. 30 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklarning taklifini qabul qilib bo'lgan va endi klublarning o'zaro kelishuvini kutmoqda.

Jurnalist Jek Gaganning xabar berishicha, yarim himoyachi kelasi hafta «shaharliklar» safida mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmayapti. U shu vaqt ichida «Barselona»ga transferi to'liq rasmiylashtirib bo'linishiga ishonmoqda.

Kataloniya klubi Rodri uchun taxminan 70 million evro taklif qilishga tayyor, «Manchester Siti» esa uni 80 million evroga baholamoqda. Shunga qaramay, turli manbalarga ko'ra, tomonlar yaqin orada o'zaro murosaga kelishi va transferni yakunlashi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ