«Komo» «Chelsi» forvardi Delapning ijarasi bo'yicha muzokaralarda muammoga duch keldi
15 AVGUST, 2026, 12:36
Italiyaning «Komo» klubi «Chelsi» hujumchisi Liam Delapni o'z safiga qo'shib olishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Italiya klubi ingliz futbolchisini ijaraga olish bo'yicha londonliklar bilan muzokara o'tkazib bo'lgan. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchining maoshi asosiy muammoga aylangan — «Komo» uning maoshini to'liq to'lay olmaydi. «Chelsi» esa forvardni qo'yib yuborishga shoshilmayapti, chunki unga boshqa da'vogarlar ham chiqishi mumkin deb hisoblamoqda.
Liam Delap o'tgan yilning yozida «Ipsvich»dan «Chelsi»ga 35,5 million evro evaziga o'tgan edi. Transfermarkt portali ekspertlarining baholashicha, 23 yoshli futbolchining hozirgi transfer narxi 28 million evroni tashkil etadi.
