Mbappe: «Hozir maksimal darajada astoydil mashg'ulot o'tkazadigan vaqt»
15 AVGUST, 2026, 12:30
Madridning «Real» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsum oldidan mashg'ulotlar yuklamasi hamda jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
Frantsuz hujumchisi «qirollik klubi»ning o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi, biroq tatildan so'ng yaqindagina jamoa ixtiyoriga qaytdi.
«Men maydonda bor kuchimni berishga va 100% imkoniyatimni ko'rsatishga harakat qilyapman, chunki hozir maksimal darajada astoydil va qattiq mashg'ulot o'tkazadigan vaqt.
Keyinchalik, rasmiy o'yinlar boshlangach, birinchi o'ringa tiklanish va yuklamalarni to'g'ri taqsimlash chiqadi. Mavsum starti oldidan sport formasini tiklab olish va La Liganing birinchi o'yiniga to'liq tayyor holda etib kelish juda muhim», — dedi Mbappe The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 25 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to'purariga aylangan edi.
«Real Madrid» La Liganing yangi mavsumidagi ilk o'yinini 22 avgust kuni «Espanol»ga qarshi o'tkazadi.
