logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arteta Gvardiolaning ketishi haqida: «Ichki bir hissiyot bor edi»

 15 AVGUST, 2026, 12:24

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»dan ketish qarori haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

55 yoshli mutaxassis 2016 yildan beri «shaharliklar»ni boshqarib kelayotgan edi va o'tgan mavsum u uchun jamoa rulidagi oxirgisi bo'ldi. Arteta o'zining yaqin do'sti va ustozining bu qarori haqida oldindan aniq bilmagani, ammo buni ich-ichidan his qilganini tan oldi.

«Men buni aniq bilmasdim, lekin ichki bir hissiyot va bu sodir bo'lishi mumkinligi haqida tushuncha bor edi. Shu kabi xayollar o'z-o'zidan kelardi, garchi unga o'xshagan inson bir go'zal tongda uyg'onib, atrofidagi narsalardan yangi ilhom topishi ham mumkin bo'lsa-da. U buni o'n yil davomida amalga oshirib keldi, bu hozirgi davrda shunchaki aql bovar qilmaydigan ko'rsatkichdir», — deya DailyAFC Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti»da Gvardiolaning o'rnini Entso Mareska egalladi. Yakshanba kuni «Manchester Siti» va «Arsenal» Angliya Superkubogi doirasida o'zaro kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ