Kapello: «Leau super mavsum o'tkazishi kerak»
15 AVGUST, 2026, 09:42
Italiyalik sobiq murabbiy Fabio Kapello Rafael Leau haqida gapirdi.
«Ko'ramiz. Avval aytganimdek, agar u qolishga qaror qilsa, unga qo'yiladigan talablar yuqori bo'ladi. Har tomonlama. Uning barcha bayonotlaridan keyin.
U shunchaki yaxshi mavsum emas, balki super mavsum o'tkazishi kerak», — deya Kapelloning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
