Lukaku o'z oldiga navbatdagi muhim vazifani qo'ydi
15 AVGUST, 2026, 09:18
«Fenerbaxche»ning yangi hujumchisi Romelu Lukaku turk tilini o'rganish niyati borligini bildirdi.
Belgiyalik futbolchi ko'plab tillarda, jumladan, ingliz, frantsuz, nemis va italyan tillarida erkin gaplasha oladi, ammo shu bilan to'xtab qolmoqchi emas.
«Men turk tilini o'rganmoqchiman — o'ylaymanki, dushanba kuni darslarimni muhokama qilamiz. Men tashrif buyuradigan mamlakatlarda odamlar bilan suhbatlashishni yaxshi ko'raman. Umid qilamanki, uch-to'rt oydan keyin turk tilida gaplasha olaman.
Albatta, bu oson bo'lmaydi, ammo qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman», — deya 33 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Tek Yol Fener.
